Jinoyatga tayyorgarlik ko'rilayotganligi, jinoyat sodir etilayotganligi yoki jinoyat sodir etilganligi haqida aniq bila turib, oldindan va'da bermagan holda, hokimiyat organlariga xabar qilmaslik, ushbu Kodeksning 1551 va 241-moddalarida nazarda tutilgan hollardagina javobgarlikka sabab bo'ladi.
Jinoyatchini, jinoyat sodir etish quroli va vositalarini, jinoyat izlarini yoki jinoiy yo'l bilan qo'lga kiritilgan narsalarni oldindan va'da bermagan holda yashirganlik ushbu Kodeksning 241-moddasida nazarda tutilgan hollardagina javobgarlikka sabab bo'ladi.
Oldindan va'da bermagan holda jinoyat haqida xabar bermaganlik yoki jinoyatni yashirganlik uchun gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki sudlanuvchining yaqin qarindoshlari javobgarlikka tortilmaydi.
lex.uz’dagi asl matnJinoyat kodeksi
31-modda. Jinoyatga daxldorlik
(31-модданинг биринчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2016 йил 25 апрелдаги ЎРҚ-405-сонли Қонуни таҳририда — ЎР ҚҲТ, 2016 й., 17-сон, 173-модда)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.