Jinoyat kodeksi

298-modda. Mashinalarni boshqarish yoki ulardan foydalanish qoidalarini buzish

(298-модданинг иккинчи ва учинчи қисмлари Ўзбекистон Республикасининг 2017 йил 13 июндаги ЎРҚ-436-сон Қонуни таҳририда — ЎР ҚҲТ, 2017 й., 24-сон, 487-модда)

Jangovar, maxsus yoki transport mashinalarini boshqarish yoxud ulardan foydalanish qoidalarini buzish badanga o'rtacha og'ir yoki og'ir shikast yetkazilishiga sabab bo'lsa, — ikki yilgacha xizmat bo'yicha cheklash yoki uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. O'sha qilmish odam o'lishiga sabab bo'lsa, — uch yildan yetti yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. O'sha qilmish: a) odamlar o'limiga; b) halokatga; v) boshqa og'ir oqibatlarga sabab bo'lsa, — yetti yildan o'n yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.