Jinoyat kodeksi

290-modda. O'zining biron a'zosini mayib qilish yo'li bilan yoki boshqa usulda harbiy xizmatdan bo'yin tovlash

(290-модда биринчи қисмининг санкцияси Ўзбекистон Республикасининг 2017 йил 29 мартдаги ЎРҚ-421-сонли Қонуни таҳририда — ЎР ҚҲТ, 2017 й., 13-сон, 194-модда)

O'zining biron a'zosini mayib qilish, ya'ni harbiy xizmatchining o'z badaniga biron shikast yetkazish yo'li bilan, shuningdek, o'zini yolg'ondan kasallikka solib, hujjatlarni qalbakilashtirish yoki boshqacha aldash yo'li bilan harbiy xizmat vazifalarini bajarishdan bo'yin tovlashi yoki bu vazifalarni bajarishdan bosh tortishi — bir yilgacha intizomiy qismga yuborish yoki besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. O'sha harakat jangovar vaziyatda sodir etilgan bo'lsa, — besh yildan o'n yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.