Bir-biriga tobe bo'lmagan harbiy xizmatchilar o'rtasidagi o'zaro munosabatlarga oid ustav qoidalarini buzish, ya'ni muntazam xo'rlash, azob berish, sog'liqning buzilishiga sabab bo'lgan badanga yengil shikast yetkazish yoki o'rtacha og'ir shikast yetkazish, qonunga xilof ravishda ozodlikdan mahrum qilish —
ikki yilgacha xizmat bo'yicha cheklash yoxud bir yilgacha intizomiy qismga yuborish yoki besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
O'sha qilmish:
a) bir guruh shaxslar tomonidan;
b) qurol ishlatib sodir etilgan bo'lsa;
v) badanga og'ir shikast yetkazilishga sabab bo'lsa, —
besh yildan o'n yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
O'sha qilmish odam o'lishiga sabab bo'lsa, —
o'n yildan o'n besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
O'sha qilmish:
a) odamlarning o'limiga;
b) boshqa og'ir oqibatlarga sabab bo'lsa, —
o'n besh yildan yigirma yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
lex.uz’dagi asl matnJinoyat kodeksi
285-modda. Bir-biriga tobe bo'lmagan harbiy xizmatchilar o'rtasidagi o'zaro munosabatlarga oid ustav qoidalarini buzish
(285-модда биринчи қисмининг санкцияси Ўзбекистон Республикасининг 2017 йил 29 мартдаги ЎРҚ-421-сонли Қонуни таҳририда — ЎР ҚҲТ, 2017 й., 13-сон, 194-модда)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.