Qimor va tavakkalchilikka asoslangan boshqa o'yinlarni qonunga xilof ravishda tashkil etish yoki o'tkazish, shu jumladan ana shunday o'yinlar uchun qimorxonalar tashkil etish yoki ularni saqlash —
yetti yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
O'sha harakatlar:
a) takroran yoki xavfli retsidivist tomonidan sodir etilgan bo'lsa;
b) uyushgan guruh tomonidan yoki uning manfaatlarini ko'zlab, —
yetti yildan o'n yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Voyaga yetmagan shaxsni qimor va tavakkalchilikka asoslangan boshqa o'yinlarga jalb qilish, shunday harakatlar uchun ma'muriy jazo qo'llanilganidan keyin sodir etilgan bo'lsa, —
bazaviy hisoblash miqdorining yigirma besh baravaridan ellik baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.
Qimor va tavakkalchilikka asoslangan boshqa o'yinlarni tashkil etish yoki o'tkazish uchun telekommunikatsiya tarmoqlarida, shu jumladan Internet jahon axborot tarmog'i provayderlari tomonidan xizmatlar ko'rsatish, tegishli dasturiy ta'minotdan nusxa ko'paytirish, uni ko'paytirish, tarqatish, shunday harakatlar uchun ma'muriy jazo qo'llanilganidan keyin sodir etilgan bo'lsa, —
bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yetmish besh baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz soatdan uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud uch yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.
lex.uz’dagi asl matnJinoyat kodeksi
278-modda. Qimor va tavakkalchilikka asoslangan boshqa o'yinlarni tashkil etish hamda o'tkazish
(278-модда учинчи қисмининг санкцияси Ўзбекистон Республикасининг 2019 йил 3 декабрдаги ЎРҚ-586-сонли Қонуни таҳририда — Қонун ҳужжатлари маълумотлари миллий базаси, 04.12.2019 й., 03/19/586/4106-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.