Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar yoki ularning analoglari hisoblanmaydigan kuchli ta'sir qiluvchi yoxud zaharli moddalarni o'tkazish maqsadida qonunga xilof ravishda tayyorlash, qayta ishlash, olish, saqlash, tashish yoki jo'natish, xuddi shuningdek ularni qonunga xilof ravishda o'tkazish yoxud ularni o'tkazish maqsadida tayyorlash yoxud qayta ishlash uchun asbob-uskunalarni tayyorlash, olish, saqlash, tashish, jo'natish yoki o'tkazish, —
ikki yildan uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
O'sha qilmishlar:
a) takroran, xavfli retsidivist yoki ilgari ushbu Kodeksning 270 — 276⁵, 276⁷, 276⁸-moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etgan shaxs tomonidan;
b) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib;
v) ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazoni o'tash joylarida;
g) ta'lim tashkilotlarida, ularning hududida yoki talabalarning (o'quvchilarning) yotoqxonalarida, bolalar sog'lomlashtirish oromgohlarida yoxud talabalar (o'quvchilar) tomonidan o'quv, sport yoki jamoat tadbirlarini o'tkazish uchun foydalaniladigan boshqa joylarda, shuningdek ularga tutash hududlarda;
d) voyaga yetmagan shaxsga nisbatan;
ye) telekommunikatsiya tarmoqlaridan, shuningdek Internet jahon axborot tarmog'idan foydalanib sodir etilgan bo'lsa, —
besh yildan o'n yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
O'sha qilmishlar:
a) o'ta xavfli retsidivist tomonidan;
b) uyushgan guruh tomonidan yoki uning manfaatlarini ko'zlab;
v) ko'p miqdorda sodir etilgan bo'lsa, —
o'n yildan o'n besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan qilmishlarni sodir etgan shaxs o'z ixtiyori bilan aybini bo'yniga olish to'g'risida hokimiyat organlariga arz qilsa va giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar yoki ularning analoglari hisoblanmaydigan kuchli ta'sir qiluvchi yoxud zaharli moddalarni topshirsa, jazodan ozod qilinadi.
lex.uz’dagi asl matnJinoyat kodeksi
276⁶-modda. Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar yoki ularning analoglari hisoblanmaydigan kuchli ta'sir qiluvchi yoxud zaharli moddalarni qonunga xilof ravishda muomalaga kiritish
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.