Kuchli ta'sir qiluvchi yoki zaharli moddalarni o'g'rilik yoki firibgarlik yo'li bilan qonunga xilof ravishda egallash, —
uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki ikki yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
O'sha harakat:
a) takroran yoki xavfli retsidivist tomonidan;
b) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib;
v) o'zlashtirish, rastrata qilish yoki mansab mavqeini suiiste'mol qilish yo'li bilan;
g) talonchilik yo'li bilan;
d) tamagirlik yo'li bilan sodir etilgan bo'lsa, —
besh yildan o'n yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
O'sha harakat:
a) bosqinchilik yo'li bilan;
b) ko'p miqdorda;
v) uyushgan guruh tomonidan yoki uning manfaatlarini ko'zlab sodir etilgan bo'lsa, —
o'n yildan yigirma yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
lex.uz’dagi asl matnJinoyat kodeksi
276⁴-modda. Kuchli ta'sir qiluvchi yoki zaharli moddalarni qonunga xilof ravishda egallash
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.