Jinoyat kodeksi

269-modda. Avtomobil yo'llaridan va ko'chalardan foydalanish, ularni ta'mirlash ishlarini tashkil etish va saqlash qoidalarini buzish

(269-модданинг номи Ўзбекистон Республикасининг 2025 йил 20 февралдаги ЎРҚ-1033-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 21.02.2025 й., 03/25/1033/0164-сон)

Avtomobil yo'llaridan, shu yo'llarga ajratilgan mintaqalar va ko'chalardan foydalanish, ularni saqlash hamda qo'riqlash qoidalarini buzish, ya'ni avtomobil yo'llarida va shu yo'llar uchun ajratilgan mintaqada tegishli ruxsatsiz yer osti va yer usti kommunikatsiyalarini o'tkazish, ularni ta'mirlash, bu ishlarni bajarishning belgilangan shartlari va muddatlariga rioya etmaslik, o'zboshimchalik bilan arklar, to'siqlar, shlagbaumlar yoki boshqa inshootlar o'rnatish, yo'llarga material va boshqa narsalarni uyub qo'yish, yo'l ustini buzish badanga o'rtacha og'ir yoki og'ir shikast yetkazilishiga sabab bo'lsa, — bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. O'sha qilmish odam o'lishiga sabab bo'lsa, — uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. O'sha qilmish: a) odamlarning o'limiga; b) boshqa og'ir oqibatlarga sabab bo'lsa, — besh yildan sakkiz yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.