Transport vositasini olib qochish —
besh yildan o'n yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
O'sha harakat:
a) takroran yoki xavfli retsidivist tomonidan;
b) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib;
v) zo'rlik ishlatib yoki zo'rlik ishlatish bilan qo'rqitib;
g) transport vositasini talon-toroj qilish maqsadida o'g'rilik yoki talonchilik yo'li bilan sodir etilgan bo'lsa, —
o'n yildan o'n besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
O'sha harakat:
a) o'ta xavfli retsidivist tomonidan;
b) uyushgan guruh tomonidan;
v) transport vositasini talon-toroj qilish maqsadida bosqinchilik yo'li bilan sodir etilgan bo'lsa, —
o'n besh yildan yigirma yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
lex.uz’dagi asl matnJinoyat kodeksi
267-modda. Transport vositasini olib qochish
(267-модданинг матни Ўзбекистон Республикасининг 2016 йил 26 декабрдаги ЎРҚ-416-сонли Қонуни таҳририда — ЎР ҚҲТ, 2016 й., 52-сон, 597-модда)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.