Jinoyat kodeksi

250¹-modda. Pirotexnika buyumlarining qonunga xilof muomalasi

(251-модда Ўзбекистон Республикасининг 2026 йил 11 июндаги ЎРҚ-1151-сонли Қонунига асосан ўз кучини йўқотган — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 12.06.2026 й., 03/26/1151/0589-сон)

Pirotexnika buyumlarini qonunga xilof ravishda ishlab chiqarish, tayyorlash, saqlash, tashish, jo'natish, ulardan foydalanish, xuddi shuningdek ularni qonunga xilof ravishda O'zbekiston Respublikasiga olib kirish (O'zbekiston Respublikasidan olib chiqish) yoki o'tkazish ancha miqdorda yoxud shunday harakatlar uchun ma'muriy jazo qo'llanilganidan keyin sodir etilgan bo'lsa, — bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. Pirotexnika buyumlarini qonunga xilof ravishda ishlab chiqarish, tayyorlash, saqlash, tashish, jo'natish, ulardan foydalanish, xuddi shuningdek ularni qonunga xilof ravishda O'zbekiston Respublikasiga olib kirish (O'zbekiston Respublikasidan olib chiqish) yoki o'tkazish: a) ko'p miqdorda; b) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib; v) takroran yoki xavfli retsidivist tomonidan; g) mansab mavqeini suiiste'mol qilish yo'li bilan sodir etilgan bo'lsa; d) badanga o'rtacha og'ir yoki og'ir shikast yetkazilishiga sabab bo'lsa, — bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravaridan ikki yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yildan uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. Pirotexnika buyumlarini qonunga xilof ravishda ishlab chiqarish, tayyorlash, saqlash, tashish, jo'natish, ulardan foydalanish, xuddi shuningdek ularni qonunga xilof ravishda O'zbekiston Respublikasiga olib kirish (O'zbekiston Respublikasidan olib chiqish) yoki o'tkazish: a) juda ko'p miqdorda; b) uyushgan guruh tomonidan yoki uning manfaatlarini ko'zlab sodir etilgan bo'lsa; v) odam o'lishiga sabab bo'lsa, — besh yildan sakkiz yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. Pirotexnika buyumlarini qonunga xilof ravishda ­ishlab chiqarish, tayyorlash, saqlash, tashish, jo'natish, ­ulardan foydalanish, xuddi shuningdek ularni qonunga xilof ravishda O'zbekiston Respublikasiga olib kirish (O'zbekiston Respublikasidan olib chiqish) yoki o'tkazish: a) odamlar o'limiga; b) boshqacha og'ir oqibatlarning kelib chiqishiga sabab bo'lsa, — sakkiz yildan o'n yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.