Jinoyat kodeksi

244²-modda. Diniy ekstremistik, separatistik, fundamentalistik yoki boshqa taqiqlangan tashkilotlar tuzish, ularga rahbarlik qilish, ularda ishtirok etish

(244²-модда иккинчи қисмининг диспозицияси Ўзбекистон Республикасининг 2016 йил 25 апрелдаги ЎРҚ-405-сонли Қонуни таҳририда — ЎР ҚҲТ, 2016 й., 17-сон, 173-модда)

Diniy ekstremistik, separatistik, fundamentalistik yoki boshqa taqiqlangan tashkilotlar tuzish, ularga rahbarlik qilish, ularda ishtirok etish — besh yildan o'n besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. O'sha harakatlar: a) og'ir oqibatlar kelib chiqishiga sabab bo'lsa; b) voyaga yetmagan shaxsni jalb etgan holda sodir etilgan bo'lsa, — o'n besh yildan yigirma yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. Basharti shaxs taqiqlangan tashkilotlar mavjudligi to'g'risida o'z ixtiyori bilan xabar qilgan va jinoyatni ochishga yordam bergan bo'lsa, u ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan jinoyat uchun javobgarlikdan ozod qilinadi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.