Jinoyatlar to'g'risidagi arizalar, xabarlar va boshqa ma'lumotlarni qabul qilish, ro'yxatdan o'tkazish yoki ko'rib chiqish xizmat vazifalariga kiradigan mansabdor shaxsning jinoyatni hisobga olishdan qasddan yashirishi, —
ikki yildan uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki muayyan huquqdan mahrum qilib, uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
O'sha qilmish:
a) takroran sodir etilgan bo'lsa;
b) bir guruh shaxslar tomonidan sodir etilgan bo'lsa;
v) og'ir oqibatlarga sabab bo'lsa, —
muayyan huquqdan mahrum qilib, besh yildan yetti yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
lex.uz’dagi asl matnJinoyat kodeksi
241¹-modda. Jinoyatni hisobga olishdan qasddan yashirish
(241¹-модда матни Ўзбекистон Республикасининг 2018 йил 20 июлдаги ЎРҚ-485-сонли Қонуни таҳририда — Қонун ҳужжатлари маълумотлари миллий базаси, 21.07.2018 й., 03/18/485/1552-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.