Jinoyat kodeksi

239-modda. Surishtiruv, dastlabki tergov yoki yopiq sud majlisi ma'lumotlarini oshkor qilish

(239-модданинг номи Ўзбекистон Республикасининг 2025 йил 26 сентябрдаги ЎРҚ-1084-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 26.09.2025 й., 03/25/1084/0874-сон)

Surishtiruv yoki dastlabki tergov ma'lumotlarini surishtiruvchining, tergovchining yoki prokurorning ruxsatisiz, shuningdek yopiq sud majlisi muhokamasi ma'lumotlarini hamda tafsilotlarini sudning ruxsatisiz oshkor qilmaslik majburiyati o'z zimmasiga yuklatilgan shaxs tomonidan ularni oshkor qilish — bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.