Criminal Code

229⁵-modda. Yer uchastkasini noqonuniy olib qo'yish

(229⁵-модда Ўзбекистон Республикасининг 2021 йил 14 январдаги ЎРҚ-667-сонли Қонунига асосан киритилган — Қонун ҳужжатлари маълумотлари миллий базаси, 15.01.2021 й., 03/21/667/0035-сон)

Yer uchastkasini noqonuniy olib qo'yish shunday harakatlar uchun ma'muriy jazo qo'llanilganidan keyin sodir etilgan bo'lsa, — bazaviy hisoblash miqdorining ikki yuz baravaridan ikki yuz ellik baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz soatdan uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi. Yer uchastkasining noqonuniy olib qo'yilishi olib qo'yilayotgan yer uchastkasidagi binolarni, boshqa imoratlarni, inshootlarni yoki dov-daraxtlarni yoxud ularning qismlarini, mazkur mol-mulkning bozor qiymati, shuningdek uning mulkdoriga bunday olib qo'yish munosabati bilan yetkazilgan zararning o'rni oldindan va to'liq qoplanmagan holda buzib tashlashga sabab bo'lsa, shunday harakatlar uchun ma'muriy jazo qo'llanilganidan keyin yoki ancha miqdorda zarar yetkazgan holda sodir etilgan bo'lsa, — bazaviy hisoblash miqdorining ikki yuz ellik baravaridan uch yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz oltmish soatdan to'rt yuz sakson soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud ikki yildan uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoxud muayyan huquqdan mahrum etib uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. Xuddi shunday harakatlar ko'p miqdorda zarar yetkazgan holda sodir etilgan bo'lsa, — bazaviy hisoblash miqdorining uch yuz baravaridan besh yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki muayyan huquqdan mahrum qilib, uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. Xuddi shunday harakatlar ko'pchilik uchun xavfli bo'lgan usulda yoki juda ko'p miqdorda zarar yetkazgan holda sodir etilgan bo'lsa, — muayyan huquqdan mahrum etib besh yildan sakkiz yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
lex.uz’dagi asl matn

Oddiy tilda

**Nimani anglatadi** Yer uchastkasini noqonuniy olib qo'yish degani — qonun tartibiga amal qilmasdan, boshqasining yer maydonini o'ziga olish yoki uning ustiga qurilgan binolar, daraxtlarni buzib tashlash. Bu ish yer egasiga katta zarar yetkazadi va qonun bilan chuqur jazolanadi. **Kimga tegishli** Bu qonun barcha fuqarolar va tashkilotlarga tegishli bo'lib, yer uchastkasini noqonuniy olib qo'ygan har kim javobgardir. **Amalda** Masalan, qo'shni odam sizning yer maydoningizga o'z sohini kengaytirish uchun o'zingizning devor va daraxtlarni buzib tashlasa, bu noqonuniy olib qo'yish hisoblanadi. Agar bu birinchi marta bo'lsa, jarima yoki jamoat ishlari bilan jazolanadi; agar zarar katta bo'lsa, qamoqqa olish mumkin.

Izoh sun’iy intellekt tomonidan tayyorlangan, rasmiy sharh emas.

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Bu masala bo‘yicha hujjat kerakmi?Jinoyat to‘g‘risida arizaIIB yoki prokuraturaga: o‘g‘irlik, firibgarlik, tan jarohati va boshqalar.Bepul sinab ko‘ring — oyiga 5 ta hujjat

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.