Mas'ul shaxs tomonidan tegishli toifadagi avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalari haydovchilarini yoxud traktorchi-mashinistlarni tayyorlash va qayta tayyorlash bo'yicha o'qishni tugatganligi haqidagi guvohnomani berishda ta'lim oluvchining o'quv dasturini o'zlashtirganligi yoki yakuniy imtihonlardan muvaffaqiyatli o'tganligi to'g'risidagi soxta ma'lumotlarni o'quv jurnallariga, yo'l varaqalariga yoki imtihon komissiyasi bayonnomasiga kiritish yoxud ushbu soxta ma'lumotlarga asoslanib guvohnoma berish, —
bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yoki uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud uch yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.
Mas'ul shaxs tomonidan avtomototransport vositalarini boshqarish huquqini beruvchi haydovchilik guvohnomasini olishga asos bo'ladigan maxsus sertifikatni yoki traktorchi-mashinist guvohnomasini berishda nomzodning nazariy va amaliy imtihonlar natijalari to'g'risidagi soxta ma'lumotlarni ta'lim oluvchining imtihon varaqasiga yoki imtihon natijalari bayonnomasiga kiritish yoxud ushbu soxta ma'lumotlarga asoslanib maxsus sertifikat berish, —
bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravaridan uch yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki besh yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yoki uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki bir yildan ikki yilgacha ozodlikni cheklash yoki uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Ushbu moddaning birinchi yoki ikkinchi qismlarida nazarda tutilgan harakatlar:
a) takroran;
b) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib sodir etilgan bo'lsa;
v) og'ir oqibatlar kelib chiqishiga sabab bo'lsa, —
bazaviy hisoblash miqdorining uch yuz baravaridan olti yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilib, ikki yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
lex.uz’dagi asl matnJinoyat kodeksi
228²-modda. Avtomototransport vositalari, shahar elektr transporti vositalari haydovchilarini va traktorchi-mashinistlarni tayyorlash hamda qayta tayyorlash, shuningdek imtihonlar o'tkazish va guvohnomalar berish tartibini buzish
(228²-модда Ўзбекистон Республикасининг 2025 йил 20 февралдаги ЎРҚ-1033-сонли Қонунига асосан киритилган — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 21.02.2025 й., 03/25/1033/0164-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.