Jinoyat kodeksi

221-modda. Jazoni ijro etish muassasasi ma'muriyatining qonuniy talablariga bo'ysunmaslik

(221-модда биринчи қисмининг диспозицияси Ўзбекистон Республикасининг 2003 йил 12 декабрдаги 568-II-сон Қонуни таҳририда — Олий Мажлис Ахборотномаси, 2004 й., 1-2-сон, 18-модда)

Ozodlikdan mahrum qilish joyida jazoni o'tayotgan shaxsning jazoni ijro etish muassasasi ma'muriyatining qonuniy talablariga bo'ysunmasligi yoxud ma'muriyatning o'z faoliyatini amalga oshirishiga boshqacha yo'sinda to'sqinlik qilishi, basharti, mahkumga nisbatan bir yil mobaynida jazoni o'tash tartibi talablarini buzganligi uchun jazoni ijro etish koloniyasining kartseriga o'tkazish tariqasidagi jazo qo'llanilganidan yoki turmaga o'tkazilganidan keyin sodir etilsa, — uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. O'sha qilmishlar: a) o'ta xavfli retsidivist; b) og'ir yoki o'ta og'ir jinoyati uchun hukm etilgan shaxs tomonidan sodir etilgan bo'lsa, — uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.