Muhofaza etiladigan tabiiy hududlarning rejimini buzish ko'p miqdorda zarar yetkazilishi yoki boshqacha og'ir oqibatlarga sabab bo'lsa, —
bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravarigacha miqdorda jarima yoki besh yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yoxud uch yuz soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.
Muhofaza etiladigan tabiiy hudud yoki ob'yektlarni qasddan nobud qilish yoki ularga shikast yetkazish ko'p miqdorda zarar yetkazilishi yoxud boshqacha og'ir oqibatlarga sabab bo'lsa, —
bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
lex.uz’dagi asl matnJinoyat kodeksi
204-modda. Muhofaza etiladigan tabiiy hududlarning rejimini buzish
(204-модда биринчи қисмининг санкцияси Ўзбекистон Республикасининг 2019 йил 3 декабрдаги ЎРҚ-586-сонли Қонуни таҳририда — Қонун ҳужжатлари маълумотлари миллий базаси, 04.12.2019 й., 03/19/586/4106-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.