Ov qilish va baliq ovlash yoki hayvonot dunyosining boshqa turlarini tutish qoidalarini buzish, kamyob va yo'qolib borayotgan hayvon turlarini tutishning yoxud yovvoyi holda o'suvchi o'simliklarning dorivor, ozuqaviy va manzarali (dekorativ) turlarini yig'ish yoki tayyorlashning belgilangan tartibini yoki shartlarini, xuddi shuningdek muhofaza etiladigan tabiiy hududlardagi hayvonot yoki o'simlik dunyosidan foydalanish tartibini buzish ancha miqdorda zarar yetkazilishiga sabab bo'lsa, —
bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravaridan ikki yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.
O'sha qilmishlar:
a) ko'p miqdorda zarar yetkazgan holda;
b) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib sodir etilgan bo'lsa, —
bazaviy hisoblash miqdorining ikki yuz baravaridan to'rt yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz soatdan to'rt yuz soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki ikki yildan uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud muayyan huquqdan mahrum qilib bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoki uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
O'sha qilmishlar:
a) xavfli retsidivist tomonidan;
b) shaxsning o'z xizmat mavqeidan foydalanib;
v) yerda, suvda yoki havoda ishlatiladigan mexanizatsiyalashtirilgan vositalardan foydalanib;
g) taqiqlangan qurollardan yoki usullardan foydalangan holda (bundan elektr tokini, portlovchi, kimyoviy moddalarni yoki biologik preparatlarni qo'llash hollari mustasno);
d) uyushgan guruh tomonidan;
ye) juda ko'p miqdorda zarar yetkazgan holda;
j) O'zbekiston Respublikasining Qizil kitobiga kiritilgan hayvonot yoki o'simlik dunyosi turlarini nobud qilgan holda sodir etilgan bo'lsa, —
bazaviy hisoblash miqdorining to'rt yuz baravaridan olti yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki muayyan huquqdan mahrum qilib, uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yildan yetti yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Elektr tokini, portlovchi, kimyoviy moddalarni yoki biologik preparatlarni qo'llagan holda ov qilish yoxud baliq ovlash, –
bazaviy hisoblash miqdorining to'rt yuz baravaridan olti yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki muayyan huquqdan mahrum qilib, uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yildan yetti yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Yetkazilgan moddiy zararning o'rni uch karra miqdorda, O'zbekiston Respublikasining Qizil kitobiga kiritilgan kamyob va yo'qolib borayotgan hayvonot hamda o'simlik dunyosi turlariga nisbatan yetkazilgan zararning o'rni esa besh karra miqdorda qoplangan taqdirda, ozodlikni cheklash va ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo qo'llanilmaydi, bundan ushbu moddaning to'rtinchi qismida nazarda tutilgan hollar mustasno.
lex.uz’dagi asl matnJinoyat kodeksi
202-modda. Hayvonot yoki o'simlik dunyosidan foydalanish tartibini buzish
(202-модда иккинчи қисмининг санкцияси Ўзбекистон Республикасининг 2024 йил 21 ноябрдаги ЎРҚ-1004-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 22.11.2024 й., 03/24/1004/0948-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.