Maxsus vakolatga ega mansabdor shaxslar tomonidan zararli ekologik oqibatlarni keltirib chiqargan halokatlar yoki atrof tabiiy muhitning radiatsiyaviy, kimyoviy, bakteriyaviy ifloslanganligi yoxud odam hayoti yoki sog'lig'i, tirik tabiat uchun xavfli bo'lgan boshqacha tarzda ifloslanganligi haqidagi yoxud aholi salomatligining holatiga doir ma'lumotlarni qasddan yashirilishi yoki buzib taqdim etilishi aholining ommaviy kasallanishi, hayvonlar, parrandalar yoki baliqlarning qirilib ketishi yoki boshqacha og'ir oqibatlarga sabab bo'lsa, —
bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravaridan ikki yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki besh yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yoxud uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud uch yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.
O'sha qilmishlar odam o'lishiga sabab bo'lsa, —
muayyan huquqdan mahrum qilib, bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoki uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
lex.uz’dagi asl matnJinoyat kodeksi
194-modda. Atrof tabiiy muhitning ifloslanganligi to'g'risidagi ma'lumotlarni qasddan yashirish yoki buzib ko'rsatish
(194-модда биринчи қисмининг санкцияси Ўзбекистон Республикасининг 2019 йил 3 декабрдаги ЎРҚ-586-сонли Қонуни таҳририда — Қонун ҳужжатлари маълумотлари миллий базаси, 04.12.2019 й., 03/19/586/4106-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.