Tadbirkorlik sub'yektlarining faoliyatini tekshirishning va moliya-xo'jalik faoliyatini taftish qilishning belgilangan tartibini buzish, xuddi shuningdek tadbirkorlik sub'yektlari faoliyatini qonunga xilof ravishda tekshirish tashabbusi bilan chiqish va (yoki) o'tkazish, shunday harakatlar uchun ma'muriy jazo qo'llanilganidan keyin sodir etilgan bo'lsa, —
bazaviy hisoblash miqdorining ikki yuz baravaridan uch yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yoxud uch yuz soatdan uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
O'sha harakatlar:
a) ko'p miqdorda zarar yetkazgan holda;
b) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib sodir etilgan bo'lsa, —
bazaviy hisoblash miqdorining uch yuz baravaridan besh yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki muayyan huquqdan mahrum qilib, uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
O'sha harakatlar:
a) juda ko'p miqdorda zarar yetkazgan holda;
b) uyushgan guruh manfaatlarini ko'zlab sodir etilgan bo'lsa, —
bazaviy hisoblash miqdorining besh yuz baravaridan olti yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki muayyan huquqdan mahrum qilib, besh yildan yetti yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
lex.uz’dagi asl matn192²-modda. Tadbirkorlik sub'yektlarining faoliyatini tekshirish va moliya-xo'jalik faoliyatini taftish qilish tartibini buzish
(192²-модда биринчи қисмининг санкцияси Ўзбекистон Республикасининг 2019 йил 3 декабрдаги ЎРҚ-586-сонли Қонуни таҳририда — Қонун ҳужжатлари маълумотлари миллий базаси, 04.12.2019 й., 03/19/586/4106-сон)
Oddiy tilda
Nimani anglatadi
Bu modda tadbirkorlik sub'yektlarining (kompaniyalar, firmalar) qonuniy tartibsiz tekshirilishini va moliya hisobotlarini noto'g'ri taftish qilishni jinoyat deb belgilaydi. Agar davlat organlari yoki boshqa shaxslar qonunga zid ravishda biznesni tekshirsa yoki bunga majbur qilsa, bu jinoyat hisoblanadi.
Kimga tegishli
Bu qoida tadbirkorlik sub'yektlarining rahbarlari va ularning moliya-xo'jalik ishlarini boshqaradigan shaxslarga tegishli.
Amalda
Masalan, soliq inspeksiyasi yoki boshqa davlat organi kompaniyaning ruxsatsiz tekshirishini o'tkazsa va bu kompaniyaga zarar yetkazsa, yoki bir necha nafar shaxs birgalikda biznesni qonunga zid ravishda tekshirish uchun majbur qilsa, ular jinoyat uchun javobgarlikka tortiladi va jarima yoki qamoq bilan jazolanadi.
Izoh sun’iy intellekt tomonidan tayyorlangan, rasmiy sharh emas.
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.