Jinoyat kodeksi

192¹²-modda. Pul mablag'larini qonunga xilof ravishda o'tkazish yoki olib qo'yish yoxud ularni o'z vaqtida qaytarmaslik

(192¹²-модда Ўзбекистон Республикасининг 2023 йил 10 майдаги ЎРҚ-841-сонли Қонунига асосан киритилган — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 11.05.2023 й., 03/23/841/0270-сон — 2023 йил 12 августдан кучга киради)

Tadbirkorlik sub'yektlarining bank hisobvaraqlaridan pul mablag'larini ularning roziligisiz qonunga xilof ravishda o'tkazish yoki olib qo'yish yoxud ortiqcha undirilgan pul mablag'larini o'z vaqtida qaytarmaslik, talon-toroj qilish alomatlari mavjud bo'lmagan taqdirda, shunday harakatlar uchun ma'muriy jazo qo'llanilganidan keyin sodir etilgan bo'lsa, — bazaviy hisoblash miqdorining ikki yuz baravaridan uch yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yoxud uch yuz soatdan uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. O'sha harakatlar: a) ko'p miqdorda zarar yetkazgan holda; b) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib sodir etilgan bo'lsa, — bazaviy hisoblash miqdorining uch yuz baravaridan besh yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki bir yildan uch yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilib, uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. O'sha harakatlar: a) juda ko'p miqdorda zarar yetkazgan holda; b) uyushgan guruh manfaatlarini ko'zlab sodir etilgan bo'lsa, — bazaviy hisoblash miqdorining besh yuz baravaridan olti yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki bir yildan uch yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilib, besh yildan yetti yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. Yetkazilgan moddiy zararning o'rni qoplangan taqdirda ozodlikni cheklash va ozodlikdan mahrum qilish tarzidagi jazo qo'llanilmaydi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.