Jinoyat kodeksi

182-modda. Bojxona to'g'risidagi qonunchilikni buzish

(182-модданинг номи Ўзбекистон Республикасининг 2021 йил 21 апрелдаги ЎРҚ-683-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 21.04.2021 й., 03/21/683/0375-сон)

Bojxona nazoratini chetlab yoki bojxona nazoratidan yashirib yoxud bojxona hujjatlari yoki vositalariga o'xshatib yasalgan hujjatlardan aldash yo'li bilan foydalangan holda yoki deklaratsiyasiz yoxud boshqa nomga yozilgan deklaratsiyadan foydalanib, tovar yoki boshqa qimmatliklarni ko'p miqdorda O'zbekiston Respublikasining bojxona chegarasidan o'tkazish, shunday harakat uchun ma'muriy jazo qo'llanilganidan keyin sodir etilgan bo'lsa, — bazaviy hisoblash miqdorining uch yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki to'rt yuz sakson soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki ikki yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. Bojxona to'g'risidagi qonunchilikni buzish: a) juda ko'p miqdorda; b) chegarani buzib o'tish, ya'ni bojxona xizmatining roziligini olmasdan turib, tovar yoki boshqa qimmatliklarni O'zbekiston Respublikasining bojxona chegarasidan ochiqdan-ochiq o'tkazish yo'li bilan; v) uyushgan guruh tomonidan yoki uning manfaatlarini ko'zlab; g) xizmat lavozimidan foydalangan holda sodir etilgan bo'lsa, — bazaviy hisoblash miqdorining uch yuz baravaridan olti yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud besh yildan sakkiz yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.