Jinoyat kodeksi

178-modda. Chet el valyutasini yashirish

(178-модда биринчи қисмининг санкцияси Ўзбекистон Республикасининг 2019 йил 3 декабрдаги ЎРҚ-586-сонли Қонуни таҳририда — Қонун ҳужжатлари маълумотлари миллий базаси, 04.12.2019 й., 03/19/586/4106-сон)

Korxonalar, muassasalar yoki tashkilotlarda valyuta operatsiyalarini amalga oshiruvchi xodimlar tomonidan O'zbekiston Respublikasining vakolat berilgan banklari hisobiga o'tkazilishi lozim bo'lgan chet el valyutasining qasddan yashirib qolinishi — bazaviy hisoblash miqdorining yetmish besh baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yildan besh yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yoki ikki yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. O'sha qilmish: a) g'arazgo'ylik bilan; b) takroran; v) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib sodir etilgan bo'lsa, — besh yildan sakkiz yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. O'sha qilmish uyushgan guruh tomonidan yoki uning manfaatlarini ko'zlab sodir etilgan bo'lsa, — sakkiz yildan o'n ikki yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. Ushbu moddaning birinchi qismida, ikkinchi qismining «a» va «v» bandlarida nazarda tutilgan jinoyatni birinchi marta sodir etgan shaxs, agar u jinoyat aniqlangan kundan e'tiboran o'ttiz kunlik muddatda yashirilgan chet el valyutasini O'zbekiston Respublikasining vakolat berilgan banklari hisobiga ixtiyoriy ravishda o'tkazilishini ta'minlagan bo'lsa, javobgarlikdan ozod etiladi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.