O'zganing mulkini qasddan nobud qilish yoki unga zarar yetkazish ancha miqdorni tashkil etsa, —
bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yetmish besh baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.
O'sha harakatlar:
a) millatlararo yoki irqiy adovat yoxud diniy taassublar zamirida;
b) atrofdagilar uchun xavfli usulda;
v) ko'p miqdorda zarar yetkazgan holda sodir etilgan bo'lsa, —
bazaviy hisoblash miqdorining yetmish besh baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz soatdan uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki ikki yildan uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoki uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
O'sha harakatlar:
a) xizmat yoki fuqarolik burchini bajarishi munosabati bilan shaxsning yoki uning yaqin qarindoshlarining mulkiga nisbatan;
b) uyushgan guruh va uning manfaatlarini ko'zlab sodir etilgan bo'lsa, —
uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Yetkazilgan moddiy zarar uch karra miqdorida qoplangan taqdirda, ozodlikni cheklash va ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo qo'llanilmaydi.
lex.uz’dagi asl matnJinoyat kodeksi
173-modda. Mulkni qasddan nobud qilish yoki unga zarar yetkazish
(173-модда биринчи қисмининг санкцияси Ўзбекистон Республикасининг 2019 йил 3 декабрдаги ЎРҚ-586-сонли Қонуни таҳририда — Қонун ҳужжатлари маълумотлари миллий базаси, 04.12.2019 й., 03/19/586/4106-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.