Jinoyat kodeksi

155²-modda. Terrorchilik faoliyatini amalga oshirish maqsadida o'quvdan o'tish, chiqish yoki harakatlanish

(155²-модда биринчи қисмининг санкцияси Ўзбекистон Республикасининг 2019 йил 3 декабрдаги ЎРҚ-586-сонли Қонуни таҳририда — Қонун ҳужжатлари маълумотлари миллий базаси, 04.12.2019 й., 03/19/586/4106-сон)

Shaxsning terrorchilik faoliyatini amalga oshirish yoxud ushbu Kodeksning 155, 158, 159, 161, 242, 245, 254, 255¹ va (yoki) 264-moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlardan birini sodir etish maqsadida o'tkazilayotganligi o'zi uchun ayon bo'lgan o'quvdan o'tishi, shu jumladan mazkur jinoyatlarni sodir etish bilimini, amaliy mahoratini va ko'nikmalarini egallashi, o'quv chog'ida qurol-yarog', portlatish qurilmalari, portlovchi, zaharlovchi, atrofdagilar uchun xavf tug'diradigan boshqa moddalar va buyumlar bilan muomala qilish usullarini o'rganishi, shuningdek terrorchilik faoliyatida ishtirok etish uchun xorijga chiqib ketishi yoxud O'zbekiston Respublikasi hududi orqali harakatlanishi, — bazaviy hisoblash miqdorining uch yuz baravaridan olti yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud besh yildan yetti yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. Terrorchilik faoliyatini amalga oshirish uchun o'quvdan o'tish yoki terrorchilik faoliyatida ishtirok etish uchun xorijga chiqib ketish yoxud O'zbekiston Respublikasi hududi orqali harakatlanish maqsadida shaxslarni yollash — sakkiz yildan o'n yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. Ushbu moddada nazarda tutilgan jinoyatni sodir etgan shaxs, agar u terrorchilik faoliyatini amalga oshirish yoxud ushbu Kodeksning 155, 158, 159, 161, 242, 245, 254, 255¹ va (yoki) 264-moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlardan birini sodir etish maqsadida o'tkazilayotganligi o'zi uchun ayon bo'lgan o'quvdan o'tganligi, chiqib ketishga yoki harakatlanishga uringanligi to'g'risida hokimiyat organlariga ixtiyoriy ravishda xabar qilsa, sodir etilgan jinoyatni fosh qilishga yoki bunday o'quvdan o'tgan, chiqib ketishni, harakatlanishni yoki o'quvni amalga oshirgan, tashkil etgan yoxud moliyalashtirgan boshqa shaxslarni, shuningdek o'quv o'tkazilgan joyni aniqlashga faol ko'maklashsa va agar uning harakatlarida jinoyatning boshqa tarkibi mavjud bo'lmasa, jinoiy javobgarlikdan ozod qilinadi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.