Jinoyat kodeksi

148¹-modda. Voyaga yetmagan shaxslarning mehnatidan foydalanishga yo'l qo'yilmasligi to'g'risidagi talablarni buzish

Voyaga yetmagan shaxs mehnatidan uning sog'lig'iga, xavfsizligiga yoki axloq-odobiga ziyon yetkazishi mumkin bo'lgan ishlarda foydalanish, xuddi shunday qilmish uchun ma'muriy jazo qo'llanilganidan keyin sodir etilgan bo'lsa, — bazaviy hisoblash miqdorining yigirma besh baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yoxud uch yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.