Jinoyat kodeksi

145-modda. Vijdon erkinligini buzish

(145-модда биринчи қисмининг санкцияси Ўзбекистон Республикасининг 2019 йил 3 декабрдаги ЎРҚ-586-сонли Қонуни таҳририда — Қонун ҳужжатлари маълумотлари миллий базаси, 04.12.2019 й., 03/19/586/4106-сон)

Diniy tashkilotning qonuniy faoliyatiga yoki diniy marosimlarni o'tkazishga to'sqinlik qilish — bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravarigacha miqdorda jarima yoki besh yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish, yoxud uch yuz soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi. Voyaga yetmagan bolalarni diniy tashkilotlarga jalb etish, xuddi shuningdek ularning ixtiyoriga, ota-onalari yoki ularning o'rnini bosuvchi shaxslar ixtiyoriga zid tarzda dinga o'qitish — bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yetmish besh baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz soatdan uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki ikki yildan uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoki uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. Fuqarolarning o'z fuqarolik huquqlarini amalga oshirishlariga yoki fuqarolik burchlarini bajarishlariga to'sqinlik qilish bilan, dindorlardan majburiy yig'im undirish va soliq olish bilan yoxud shaxsning sha'ni va obro'sini kamsituvchi chora-tadbirlar qo'llash bilan yoki diniy ta'lim olishda hamda fuqaro dinga nisbatan, dinga e'tiqod qilish yoki e'tiqod qilmaslikka nisbatan, ibodat qilishda, diniy rasm-rusumlar va marosimlarda qatnashish yoki qatnashmaslikka nisbatan o'z munosabatini belgilayotgan paytda majburlash bilan bog'liq diniy faoliyat yuritish, shuningdek diniy marosimlar o'tkazishni tashkil etish shaxs badaniga yengil yoki o'rtacha og'ir shikast yetkazilishiga sabab bo'lsa, — bazaviy hisoblash miqdorining yetmish besh baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz oltmish soatdan to'rt yuz sakson soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.