Shaxsga doir ma'lumotlarni qonunga xilof ravishda yig'ish, tizimlashtirish, saqlash, o'zgartirish, to'ldirish, ulardan foydalanish, ularni berish, tarqatish, uzatish, egasizlantirish va yo'q qilish, xuddi shuningdek axborot texnologiyalaridan foydalangan holda, shu jumladan Internet jahon axborot tarmog'ida O'zbekiston Respublikasi fuqarolarining shaxsga doir ma'lumotlariga ishlov berilayotganda jisman O'zbekiston Respublikasi hududida joylashgan texnik vositalarda hamda Shaxsga doir ma'lumotlar bazalarining davlat reyestrida belgilangan tartibda ro'yxatdan o'tkazilgan shaxsga doir ma'lumotlar bazalarida shaxsga doir ma'lumotlarni yig'ishga, tizimlashtirishga va saqlashga oid talablarga rioya etmaslik, o'sha harakatlar uchun ma'muriy jazo qo'llanilganidan keyin sodir etilgan bo'lsa, —
bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravaridan bir yuz ellik baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yoxud ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.
O'sha harakatlar:
a) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib;
b) takroran yoki xavfli retsidivist tomonidan;
v) g'arazli yoki boshqa past niyatlarda;
g) xizmat mavqeidan foydalangan holda sodir etilgan bo'lsa;
d) og'ir oqibatlarga sabab bo'lsa, —
bazaviy hisoblash miqdorining bir yuz ellik baravaridan ikki yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yildan uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
lex.uz’dagi asl matnJinoyat kodeksi
141²-modda. Shaxsga doir ma'lumotlar to'g'risidagi qonunchilikni buzish
(141²-модданинг матни Ўзбекистон Республикасининг 2021 йил 29 октябрдаги ЎРҚ-726-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 30.10.2021 й., 03/21/726/1001-сон — 2022 йил 31 январдан кучга киради)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.