Haqorat qilish, ya'ni shaxsning sha'ni va qadr-qimmatini beodoblik bilan qasddan tahqirlash, basharti, shunday harakatlar uchun ma'muriy jazo qo'llanilgandan keyin sodir etilgan bo'lsa, —
bazaviy hisoblash miqdorining ikki yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yuz qirq soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud bir yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.
Nashr qilish yoki boshqacha usulda ko'paytirilgan tarzda, shu jumladan ommaviy axborot vositalarida, telekommunikatsiya tarmoqlarida yoki Internet jahon axborot tarmog'ida joylashtirish orqali haqorat qilish —
bazaviy hisoblash miqdorining ikki yuz baravaridan to'rt yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yuz qirq soatdan uch yuz soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud bir yildan ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.
Haqorat qilish:
a) jabrlanuvchini o'z xizmat yoki fuqarolik burchini bajarishi munosabati bilan bog'liq holda;
b) xavfli retsidivist tomonidan yoki tuhmat qilganligi uchun ilgari sudlangan shaxs tomonidan qilingan bo'lsa, —
bazaviy hisoblash miqdorining to'rt yuz baravaridan olti yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yildan uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud bir yilgacha ozodlikni cheklash bilan jazolanadi.
lex.uz’dagi asl matnJinoyat kodeksi
140-modda. Haqorat qilish
(140-модда иккинчи қисмининг диспозицияси Ўзбекистон Республикасининг 2020 йил 25 декабрдаги ЎРҚ-658-сонли Қонуни таҳририда — Қонун ҳужжатлари маълумотлари миллий базаси, 26.12.2020 й., 03/20/658/1670-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.