Jinoyat kodeksi

137-modda. Odam o'g'rilash

(137-модданинг учинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2022 йил 23 июндаги ЎРҚ-780-сонли Қонунига асосан «в» кичик банд билан тўлдирилган — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 24.06.2022 й., 03/22/780/0560-сон)

Ushbu Kodeksning 245-moddasida nazarda tutilgan alomatlar mavjud bo'lmagani holda odam o'g'rilash — uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. O'sha harakat: a) voyaga yetmagan shaxsga nisbatan; b) g'arazgo'ylik yoki boshqa past niyatlarda; v) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib; g) takroran yoki xavfli retsidivist tomonidan sodir etilgan bo'lsa, — besh yildan o'n yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. O'sha harakat: a) o'ta xavfli retsidivist tomonidan sodir etilgan bo'lsa; b) og'ir oqibatlarga sabab bo'lsa; v) inson a'zolarini va (yoki) to'qimalarini olish maqsadida sodir etilgan bo'lsa, — o'n yildan o'n besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.