Jinoyat kodeksi

129-modda. O'n olti yoshga to'lmagan shaxsga nisbatan uyatsiz-buzuq harakatlar qilish

(129-модда иккинчи қисми диспозициясининг «ж» банди Ўзбекистон Республикасининг 2026 йил 17 апрелдаги ЎРҚ-1130-сонли Қонунига асосан «ж» ва «з» бандлар билан алмаштирилган — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 17.04.2026 й., 03/26/1130/0376-сон)

O'n olti yoshga to'lmagan shaxsga nisbatan zo'rlik ishlatmay uyatsiz-buzuq harakatlar sodir etish, — ikki yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoxud ikki yildan uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. O'sha harakatlar: a) aldash yoki ishonchni suiiste'mol qilish yo'li bilan; b) ikki yoki undan ortiq shaxsga nisbatan; v) o'n to'rt yoshga to'lmagan shaxsga nisbatan; g) nogironlik belgisiga ega ekanligi aybdorga ayon bo'lgan shaxsga nisbatan; d) takroran, xavfli retsidivist tomonidan yoki ilgari ushbu Kodeksning 118, 119, 121 va (yoki) 128-moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etgan shaxs tomonidan; ye) yaqin qarindoshiga yoki bir ro'zg'or asosida birgalikda yashayotgan shaxsga nisbatan; j) jabrlanuvchini tarbiyalash, o'qitish va (yoki) unga g'amxo'rlik qilish majburiyatlarini bajarayotgan shaxs tomonidan, shuningdek jabrlanuvchiga qarab turish majburiyatlari qonun bilan zimmasiga yuklatilgan ta'lim, tarbiya, davolash muassasasining yoki boshqa muassasaning xodimi tomonidan; z) telekommunikatsiya tarmoqlaridan yoki Internet jahon axborot tarmog'idan foydalangan holda sodir etilgan bo'lsa, — uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. O'sha harakatlar zo'rlik ishlatib yoki qo'rqitib sodir etilgan bo'lsa, — besh yildan sakkiz yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.