O'n olti yoshga to'lmagan shaxs bilan jinsiy aloqa qilish yoki jinsiy ehtiyojni g'ayritabiiy usulda qondirish, —
uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
O'sha harakatlar moddiy qimmatliklar berish yoki mulkiy yoxud boshqacha tarzda manfaatdor etish orqali sodir etilgan bo'lsa, —
besh yildan sakkiz yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
O'sha harakatlar:
a) takroran, xavfli retsidivist tomonidan yoki ilgari ushbu Kodeksning 118, 119, 121 va (yoki) 129-moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etgan shaxs tomonidan;
b) yaqin qarindoshiga yoki bir ro'zg'or asosida birgalikda yashayotgan shaxsga nisbatan;
v) jabrlanuvchini tarbiyalash, o'qitish va (yoki) unga g'amxo'rlik qilish majburiyatlarini bajarayotgan shaxs tomonidan, shuningdek jabrlanuvchiga qarab turish majburiyatlari qonun bilan zimmasiga yuklatilgan ta'lim, tarbiya, davolash yoki boshqa muassasaning xodimi tomonidan sodir etilgan bo'lsa, —
sakkiz yildan o'n yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
lex.uz’dagi asl matnJinoyat kodeksi
128-modda. O'n olti yoshga to'lmagan shaxs bilan jinsiy aloqa qilish
(128-модда Ўзбекистон Республикасининг 2023 йил 11 апрелдаги ЎРҚ-829-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 12.04.2023 й., 03/23/829/0208-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.