Moddiy yordamga muhtoj bo'lgan voyaga yetmagan yoki mehnatga layoqatsiz shaxsni moddiy ta'minlashdan bo'yin tovlash, ya'ni ularni moddiy jihatdan ta'minlash uchun sudning hal qiluv qaroriga yoki sud buyrug'iga binoan undirilishi lozim bo'lgan mablag'ni jami bo'lib ikki oydan ortiq muddat mobaynida to'lamaslik, shunday qilmish uchun ma'muriy jazo qo'llanilganidan keyin sodir etilgan bo'lsa, —
ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki bir yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
O'sha qilmish xavfli retsidivist tomonidan sodir etilgan bo'lsa, —
ikki yildan uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Agar shaxs aliment majburiyatlari bo'yicha qarzdorlikni to'liq to'lagan bo'lsa, u javobgarlikdan ozod qilinadi.
lex.uz’dagi asl matnJinoyat kodeksi
122-modda. Voyaga yetmagan yoki mehnatga layoqatsiz shaxslarni moddiy ta'minlashdan bo'yin tovlash
(122-модда Ўзбекистон Республикасининг 2018 йил 9 январдаги ЎРҚ-459-сонли Қонуни таҳририда — Қонун ҳужжатлари маълумотлари миллий базаси, 10.01.2018 й., 03/18/459/0536-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.