Jinoyat kodeksi

115¹-modda. Insonni undan a'zolarini va (yoki) to'qimalarini transplantatsiya uchun olishga rozilik berishga majburlash

(115¹-модда Ўзбекистон Республикасининг 2022 йил 23 июндаги ЎРҚ-780-сонли Қонунига асосан киритилган — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 24.06.2022 й., 03/22/780/0560-сон)

Insonni undan a'zolarini va (yoki) to'qimalarini transplantatsiya uchun olishga rozilik berishga majburlash, zo'rlik ishlatib yoki zo'rlik ishlatish bilan qo'rqitib sodir etilgan bo'lsa, — uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud bir yildan uch yilgacha muayyan huquqdan mahrum etib, uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. O'sha harakatlar ojiz ahvolda ekanligi aybdorga ayon bo'lgan shaxsga nisbatan yoxud moddiy tomondan, xizmat jihatidan yoki boshqa jihatdan aybdorga qaram bo'lgan shaxsga nisbatan sodir etilgan bo'lsa, — besh yildan sakkiz yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.