Jinoyat kodeksi

104-modda. Qasddan badanga og'ir shikast yetkazish

(104-модда биринчи қисмининг диспозицияси Ўзбекистон Республикасининг 2023 йил 11 апрелдаги ЎРҚ-829-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 12.04.2023 й., 03/23/829/0208-сон)

Sodir etilayotgan paytda hayot uchun xavfli bo'lgan qasddan badanga og'ir shikast yetkazish natijasida ko'rish, so'zlash, eshitish qobiliyatini yo'qotish yoxud biron a'zoning ishdan chiqishi yoki uning faoliyati tamoman yo'qolishiga, ruhiy holatining buzilishiga yoki sog'lig'ining boshqacha tarzda buzilishiga, umumiy mehnat qobiliyatining o'ttiz uch foizidan kam bo'lmagan qismining doimiy yo'qolishiga yoki homilaning tushishi yoxud badanning tuzalmaydigan darajada xunuklashishiga sabab bo'lsa va ushbu Kodeksning 126¹-moddasida nazarda tutilgan jinoyat alomatlari mavjud bo'lmasa, — uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. Qasddan badanga og'ir shikast yetkazish: a) homiladorligi aybdorga ayon bo'lgan ayolga nisbatan; b) o'z xizmat yoki fuqarolik burchini bajarishi munosabati bilan shaxsga yoki uning yaqin qarindoshlariga nisbatan; v) o'ta shafqatsizlik bilan; g) ommaviy tartibsizliklar jarayonida; d) tamagirlik niyatida; ye) bezorilik oqibatida; j) millatlararo yoki irqiy adovat zamirida; z) diniy taassublar zamirida; i) inson a'zolarini va (yoki) to'qimalarini olish maqsadida; k) bir guruh shaxslar tomonidan; l) qurolni yoki sovuq qurol sifatida foydalanilishi mumkin bo'lgan ashyolarni ishlatib sodir etilgan bo'lsa, — besh yildan sakkiz yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. Qasddan badanga og'ir shikast yetkazish: a) ikki yoki undan ortiq shaxsga nisbatan; b) takroran, xavfli retsidivist yoki ilgari ushbu Kodeksning 97-moddasida nazarda tutilgan tarzda qasddan odam o'ldirgan shaxs tomonidan; v) o'ta xavfli retsidivist tomonidan; g) uyushgan guruh a'zosi tomonidan yoki shu guruh manfaatlarini ko'zlab sodir etilgan bo'lsa; d) jabrlanuvchining o'lishiga sabab bo'lsa, — sakkiz yildan o'n yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.