Shaxsni qo'rqitish, unga rahmsiz muomala qilish yoki uning sha'ni va qadr-qimmatini muttasil ravishda kamsitish natijasida uni o'zini o'zi o'ldirish darajasiga yoki o'zini o'zi o'ldirishiga suiqasd qilish darajasiga yetkazish, –
uch yildan yetti yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
O'sha harakatlar:
a) moddiy tomondan yoki boshqa jihatlardan aybdorga qaram bo'lgan shaxsga nisbatan;
b) voyaga yetmagan shaxsga yoki homiladorligi aybdorga ayon bo'lgan ayolga nisbatan;
v) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib;
g) telekommunikatsiya tarmoqlaridan, shuningdek Internet butunjahon axborot tarmog'idan foydalanib sodir etilgan bo'lsa, —
yetti yildan o'n yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
lex.uz’dagi asl matnJinoyat kodeksi
103-modda. O'zini o'zi o'ldirish darajasiga yetkazish
(103-модданинг матни Ўзбекистон Республикасининг 2017 йил 13 июндаги ЎРҚ-436-сон Қонуни таҳририда — ЎР ҚҲТ, 2017 й., 24-сон, 487-модда)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.