Criminal Executive Code

79²-modda. Ozodlikdan mahrum etilgan mahkumlarning O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo'yicha vakiliga (ombudsmanga) va O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Bola huquqlari bo'yicha vakiliga (Bolalar ombudsmaniga) murojaatlar qutisi orqali murojaat qilishi

(79²-модданинг биринчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2024 йил 15 ноябрдаги ЎРҚ-1002-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 18.11.2024 й., 03/24/1002/0936-сон)

Jazoni ijro etish muassasalarining har bir turar joy sektorida, sanoat zonalarida, qisqa va uzoq muddatli uchrashuvlarni o'tkazish uchun mo'ljallangan binolarda mahkumlar murojaatlarni qoldirishi uchun qulay bo'lgan joyda O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo'yicha vakiliga (ombudsmanga) murojaatlar qutisi, tarbiya koloniyalarida esa qo'shimcha ravishda O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Bola huquqlari bo'yicha vakiliga (Bolalar ombudsmaniga) murojaatlar qutisi o'rnatiladi (bundan buyon matnda Ombudsman qutisi deb yuritiladi). Ombudsman qutisi tegishincha faqat O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo'yicha vakili (ombudsman) yoki uning Devoni xodimlari tomonidan, O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Bola huquqlari bo'yicha vakili (Bolalar ombudsmani) yoki uning kotibiyati xodimlari tomonidan ochiladi. Ombudsman qutisini o'rnatish, undan foydalanish va u orqali murojaatlar yuborish tartibi O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo'yicha vakili (ombudsman), O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Bola huquqlari bo'yicha vakili (Bolalar ombudsmani) hamda O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan tasdiqlanadi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.