Ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxslar jazoni ijro etish muassasasiga yetib kelgan kundan boshlab posilka, yo'qlov va banderol olishlari hamda jo'natishlari mumkin. Posilka, yo'qlov va banderollar ko'zdan kechiriladi.
Bitta posilka yoki banderolning og'irligi pochta qoidalarida belgilab qo'yilgan normadan, yo'qlovning og'irligi esa posilkaning belgilangan vaznidan oshib ketishi mumkin emas.
Olinadigan posilka, yo'qlov va banderollarning miqdori jazoni ijro etish muassasasining tartib turiga hamda mahkum saqlanayotgan sharoitga qarab belgilanadi.
Hukm qilingan homilador ayollarning va jazoni ijro etish muassasasidagi bolalar uyida bolalari bo'lgan ayollarning, shuningdek vrach xulosasiga ko'ra davolanish va kuchli taomga muhtoj deb e'tirof etilgan bemorlarning, birinchi yoki ikkinchi guruh nogironligi bo'lgan shaxslarning tibbiy xulosada belgilanadigan miqdorda va xillarda qo'shimcha posilkalar, yo'qlovlar va banderollar olishiga ruxsat etiladi.
Mahkumlar cheklanmagan miqdorda pul jo'natmalari olishlari va yuborishlari mumkin. Pul jo'natmalari mahkumning shaxsiy hisobvarag'iga kelib tushadi. Mahkumlar o'zlariga yaqin qarindosh bo'lmagan shaxslarga, shuningdek korxona, muassasa va tashkilotlarga faqat jazoni ijro etish muassasasi ma'muriyatining ruxsati bilan pul jo'natmalari yuborishlari mumkin.
Mahkumlarning posilkalar, yo'qlovlar, banderollar va pul jo'natmalarini olishi hamda yuborishi tartibi O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan belgilanadi.
lex.uz’dagi asl matn78-modda. Mahkumlarning posilkalar, yo'qlovlar, banderollar va pul jo'natmalari olishi va yuborishi
(78-модданинг тўртинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2022 йил 17 майдаги ЎРҚ-770-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 18.05.2022 й., 03/22/770/0424-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.