Tabiiy ofat ro'y bergan, jazoni ijro etish muassasasi joylashgan yerda favqulodda yoki harbiy holat joriy etilgan taqdirda, urush davri mobaynida, mahkumlar tomonidan guruh bo'lib bo'ysunmaslik, shuningdek ommaviy tartibsizlik sodir etilganda muassasalarda alohida holat joriy etilishi mumkin.
Alohida holat O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri tomonidan O'zbekiston Respublikasi Bosh prokurori bilan kelishilgan holda o'ttiz sutkagacha bo'lgan muddatga joriy etiladi. Alohida holatning amal qilish vaqti alohida hollarda qo'shimcha ravishda yana o'ttiz sutkagacha uzaytirilishi mumkin.
Alohida holat amal qilib turgan davrda muassasalarda qo'riqlash va nazoratning kuchaytirilgan turi, ob'yektlarga kirishning alohida tartibi joriy etiladi, kun tartibi o'zgartirilishi, ayrim xizmatlarning faoliyati cheklanishi mumkin. Ayni vaqtda mahkumlarning ayrim huquqlari cheklanishiga yo'l qo'yiladi.
lex.uz’dagi asl matn74-modda. Jazoni ijro etish muassasalarida alohida holat joriy etish
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.