Criminal Executive Code

71-modda. Maxsus vositalarni ishlatish

(71-модданинг еттинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2019 йил 28 августдаги ЎРҚ-558-сонли Қонуни таҳририда — Қонун ҳужжатлари маълумотлари миллий базаси, 29.08.2019 й., 03/19/558/3662-сон)

Mahkumlarning g'ayrihuquqiy xatti-harakatlarini to'xtatish, shuningdek o'ziga o'zi zarar yetkazishining oldini olish maqsadida ularga nisbatan maxsus vositalar ishlatilishi mumkin. Maxsus vositalar jumlasiga rezina tayoqlar, qo'lkishanlar yoki boshqacha bog'lash vositalari, xizmat itlari, ko'zdan yosh chiqaruvchi moddalar, chalg'itma ta'sir ko'rsatuvchi nur-tovush moslamalari, to'siq-g'ovlarni bartaraf etuvchi vositalar, suv bilan zarba beruvchi va zirhli mashinalar, inshootlarni ochish, transportni majburiy to'xtatish moslamalari hamda qonunda nazarda tutilgan boshqa vositalar kiradi. Maxsus vositalar quyidagi hollarda qo'llaniladi: mahkumlarning muassasa ma'muriyati vakillariga, boshqa mahkumlarga va o'zga shaxslarga hujumini daf etish chog'ida; mahkumlar tomonidan sodir etilgan ommaviy tartibsizliklarni, jamoat tartibini guruh bo'lib buzishlarni to'xtatish, muassasa ma'muriyatiga ashaddiy bo'ysunmayotgan yoki qarshilik ko'rsatayotgan huquqbuzarlarni ushlash chog'ida; garovga olinganlarni, mahkumlar egallab olgan binolarni, inshootlarni, xonalarni va transport vositalarini ozod qilish chog'ida; mahkumlarni qo'riqlab borish va qo'riqlab turish chog'ida — qochishning oldini olish uchun; jazoni ijro etish muassasasidan qochgan mahkumlarni ushlash chog'ida. Maxsus vositalar qonunda nazarda tutilgan boshqa hollarda ham qo'llanilishi mumkin. Maxsus vositalar turlari, ularni ishlatish intensivligi yuzaga kelgan vaziyat, huquqbuzarlik xususiyati va huquqbuzarning shaxsini inobatga olgan holda belgilanadi. Maxsus vositalarni qo'llash mahkumlarga va boshqa shaxslarga mumkin qadar kam zarar keltirishi lozim. Homiladorlik belgilari sezilib turgan ayollarga, nogironlik belgilari aniq ko'rinib turgan shaxslarga hamda yoshi aniq ko'rinib turgan yoki ma'lum bo'lgan voyaga yetmagan shaxslarga nisbatan maxsus vositalar ishlatish taqiqlanadi, ular tomonidan qurolli qarshilik ko'rsatilgan yoki fuqarolar hayoti va sog'lig'iga tahdid etib, guruh bo'lib hujum qilingan hollar bundan mustasno. Maxsus vositalarni qo'llash natijasida mahkumlar va boshqa shaxslar hayoti va sog'lig'iga zarar yetkazilgan har bir hodisa haqida darhol prokurorga xabar qilinadi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.