Criminal Executive Code

69¹-modda. Mahkum ovqat yeyishni rad etganda qo'llaniladigan choralar

(70-модда Ўзбекистон Республикасининг 2023 йил 15 февралдаги ЎРҚ-817-сонли Қонунига асосан ўз кучини йўқотган — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 16.02.2023 й., 03/23/817/0091-сон)

Mahkumning ovqat yeyishni rad etganligi fakti aniqlanganda muassasa boshlig'i yoxud uning o'rnini bosuvchi shaxs bu haqda zudlik bilan prokurorni xabardor qiladi. Ovqat yeyishni rad etadigan mahkum imkon qadar boshqa mahkumlardan alohida saqlanadi va tibbiyot xodimining kuzatuvi ostida bo'ladi. Ovqat yeyishni rad etgan mahkumning sog'lig'ini saqlab turishga qaratilgan majburlov yo'sinidagi (sun'iy va majburiy ovqatlantirish tarzidagi) choralar, agar uning hayotiga yoki sog'lig'iga xavf tahdid solsa, shifokorning yozma xulosasi asosida hamda tibbiyot xodimi hozirligida amalga oshiriladi. Mahkumning ovqat yeyishni rad etganligi uni boshqa jazoni ijro etish muassasalariga o'tkazishga yoxud tergov harakatlarida va sud majlislarida ishtirok etish uchun boshqa yerga ko'chirishga to'sqinlik qilmaydi. Zarur hollarda, mahkumni boshqa yerga ko'chirish tibbiyot xodimi kuzatuvida amalga oshiriladi. Mahkumlar ovqat yeyishni rad etganda qo'llaniladigan majburlov yo'sinidagi choralarni qo'llash tartibi O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan O'zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi bilan kelishgan holda belgilanadi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.