Jazoni ijro etish muassasalarida tezkor-qidiruv faoliyati:
mahkumlar, muassasa xodimlari va boshqa shaxslar xavfsizligini ta'minlash;
mahkumlar mazkur muassasaga yetib kelgunga qadar sodir etgan jinoyatlarni aniqlash va fosh etish;
jinoyatlarni hamda belgilangan saqlash rejimini buzish hollarini aniqlash va ularning oldini olish;
jazoni ijro etish muassasalarida sodir etilgan jinoyatlarni fosh etish;
ozodlikdan mahrum etish joylaridan qochgan mahkumlarni qidirish;
boshqa jinoyatlarni fosh etishda yordam berish maqsadida amalga oshiriladi.
Tezkor-qidiruv faoliyatini jazoni ijro etish muassasalarining tezkor xizmatlar xodimlari, shuningdek boshqa vakolatli organlar qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiradilar.
lex.uz’dagi asl matn68-modda. Jazoni ijro etish muassasalarida tezkor-qidiruv faoliyati
(68-модданинг иккинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2021 йил 21 апрелдаги ЎРҚ-683-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 21.04.2021 й., 03/21/683/0375-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.