Criminal Executive Code

66-modda. Mahkumning narsalari va buyumlari

Ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxslarga o'z yonida saqlashga ruxsat etilgan narsalar va buyumlar ro'yxati O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan belgilanadi. Mahkumlarning yonidan topilgan, foydalanishga ruxsat etilmagan narsalar va buyumlar muassasa boshlig'ining qaroriga binoan olib qo'yiladi hamda mahkum ozod bo'lgunga qadar saqlash uchun topshiriladi yoki yo'q qilib tashlanadi yoxud davlat foydasiga o'tkaziladi va bu haqda tegishli hujjat tuziladi. Narsalar va buyumlarni davlat foydasiga o'tkazish to'g'risidagi qaror prokuror tomonidan tasdiqlanadi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.