Criminal Executive Code

62-modda. Rejimning asosiy talablari

Jazoni ijro etish muassasalarida rejim jazodan ko'zlangan maqsadga erishish uchun belgilanadi. Rejim quyidagilarni ta'minlaydi: mahkumlarni batamom ajratib qo'yish, ularni qo'riqlash va nazorat qilib turishni; mahkumlarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini ro'yobga chiqarish, shuningdek ularning o'z majburiyatlarini ado etishini; muayyan toifadagi mahkumlarni alohida-alohida saqlashni; muassasa turiga qarab mahkumlarni har xil sharoitda saqlashni; mahkumlarning va muassasa xodimlarining xavfsizligini. Jazoni ijro etish muassasalarida rejim O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan tasdiqlangan Ichki tartib qoidalari va boshqa normativ hujjatlar bilan tartibga solinadi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.