Ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxslarni jazoni ijro etuvchi bir muassasadan boshqasiga ko'chirish ushbu Kodeksning 58-moddasi talablariga rioya etgan holda amalga oshiriladi.
Ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxslar tergov qilinayotgan shaxslardan alohida ko'chiriladi.
Homilasi yigirma to'rt haftalikdan oshgan yoki uch yoshga to'lmagan bolasi bor ayollar boshqa mahkumlardan alohida ko'chiriladi.
Mahkum bemorlar, homilador ayollar va bolasi bor ayollar, zarurat bo'lganda, tibbiy xodimlar kuzatuvida ko'chiriladi.
Mahkumlarning xavfsizligini ta'minlash maqsadida ularni boshqa hollarda ham ajratilgan tarzda ko'chirishga yo'l qo'yiladi.
Ko'chirish chog'ida mahkumlar zarur moddiy-maishiy va sanitariya-gigiyena sharoitlari bilan ta'minlanadi, ularga mavsumiy kiyim va poyabzal, belgilangan norma bo'yicha oziq-ovqat mahsulotlari beriladi.
Mahkumlarni ko'chirish davlat hisobidan, O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan belgilangan tartibda soqchi kuzatuvida amalga oshiriladi.
Jazoni o'tash joyiga borayotgan yoki bir jazoni ijro etish muassasasidan boshqa jazoni ijro etish muassasasiga ko'chirilayotgan mahkumlarni vaqtincha saqlash uchun jazoni ijro etish muassasalari va tergov hibsxonalari huzurida tranzit-jo'natish uchastkalari tashkil etilishi mumkin. Mahkumlar tranzit-jo'natish uchastkalarida rejimining turi sud hukmi bilan belgilangan jazoni ijro etish muassasasida o'zining jazoni o'tashiga oid shartlar asosida, ushbu Kodeksning 58-moddasi talablariga rioya etgan holda saqlanadi. Mahkumlarni tranzit-jo'natish uchastkalarida saqlashning eng ko'p muddati ko'pi bilan 20 sutkani tashkil etadi.
lex.uz’dagi asl matn60-modda. Mahkumlarni ko'chirish
(60-модда Ўзбекистон Республикасининг 2019 йил 28 августдаги ЎРҚ-558-сонли Қонунига асосан саккизинчи қисм билан тўлдирилган — Қонун ҳужжатлари маълумотлари миллий базаси, 29.08.2019 й., 03/19/558/3662-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.