Criminal Executive Code

59-modda. Turli toifadagi mahkumlarni birga saqlash hollari

(59-модданинг иккинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2021 йил 21 апрелдаги ЎРҚ-683-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 21.04.2021 й., 03/21/683/0375-сон)

Davolash huquqi asosidagi koloniyalarda va mahkumlar uchun ixtisoslashgan kasalxonalarda har xil turdagi jazoni ijro etish muassasalaridan kelgan mahkumlarni birga saqlashga ruxsat etiladi. Qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda muayyan bir turdagi koloniyalarda ozodlikdan mahrum etish tariqasidagi jazoni boshqa turdagi koloniyada o'tashi lozim bo'lgan mahkumlarni saqlash uchun batamom ajratib qo'yilgan uchastka tashkil etishga yo'l qo'yiladi. Ushbu moddada nazarda tutilgan hollarda mahkumlar jazoni sud belgilagan tartib turi sharoitida o'taydilar.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.