Criminal Executive Code

44⁴-modda. Ozodlikni cheklash tariqasidagi jazoni o'tash tartibi va shartlarini buzganlik uchun javobgarlik

(44⁴-модданинг биринчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2024 йил 7 августдаги ЎРҚ-938-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 07.08.2024 й., 03/24/938/0591-сон)

Ozodlikni cheklash tariqasidagi jazoni o'tash tartibi va shartlari mahkum tomonidan buzilganligi uchun probatsiya bo'linmasi unga nisbatan ogohlantirish tarzidagi intizomiy jazo chorasini qo'llaydi. Mahkum ozodlikni cheklash tariqasidagi jazoni o'tashdan qasddan bo'yin tovlagan, shuningdek sud tomonidan o'z zimmasiga yuklatilgan majburiyatlarni bajarmagan taqdirda, probatsiya bo'linmasi sudga mahkum uchun ozodlikni cheklashning o'talmagan muddatini jazoning boshqa turiga almashtirish haqida taqdimnoma kiritadi. Quyidagilar ozodlikni cheklash tariqasidagi jazoni o'tashdan qasddan bo'yin tovlovchilar deb e'tirof etiladi: a) o'ziga nisbatan sud tomonidan belgilangan taqiqlarni (cheklashlarni) buzishga yo'l qo'yib bo'lmasligi to'g'risida ogohlantirish tarzida intizomiy jazo qo'llanilganidan keyin bir yil ichida jazoni o'tash tartibi va shartlarini buzishga yo'l qo'ygan mahkum; b) o'ziga nisbatan texnik nazorat vositalaridan foydalanish qoidalarini buzgan mahkum; v) yashash joyidan yashiringan, qayerda ekanligi uch sutkadan ortiq vaqt ichida aniqlanmagan mahkum; g) yashash joyidagi probatsiya bo'linmasiga belgilangan muddatdan uch sutkadan ortiq vaqt mobaynida kelmagan mahkum.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.