Criminal Executive Code

30-modda. Jazo muddatini hisoblash

(30-модданинг учинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2024 йил 7 августдаги ЎРҚ-938-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 07.08.2024 й., 03/24/938/0591-сон)

Axloq tuzatish ishlari muddati mahkum ishlagan va uning ish haqidan ushlab qolingan davr mobaynidagi yillar, oylar va kunlar bilan hisoblanadi. Mahkum ishlab bergan kunlar miqdori sud tomonidan belgilangan jazo muddatining har oyiga to'g'ri keladigan ish kunlari miqdoridan kam bo'lmasligi kerak. Agar mahkum ana shu miqdordagi ish kunlarini ishlab bermagan bo'lsa va ishlanmagan kunlarni jazo muddatiga qo'shib hisoblash uchun ushbu Kodeksda belgilab qo'yilgan asoslar bo'lmasa, axloq tuzatish ishlarini o'tash mahkum belgilangan ish kunlari miqdorini to'liq ishlab berguniga qadar davom etadi. Ish vaqti jamlab hisobga olinadigan korxona, muassasa va tashkilotlarda ishlayotgan mahkumlarning jazoni o'tash muddati ish soatlarining normal miqdoriga amal qilingan holda, hisobga olinadigan davrdagi ish vaqti muddatidan kelib chiqib hisoblanadi. Jazoni o'tash muddati korxona, muassasa, tashkilot ma'muriyati probatsiya bo'linmasidan xabarnoma olgan kundan, boshqa joylarda o'taladigan axloq tuzatish ishlariga hukm qilingan shaxslar uchun esa — ular jazoni o'tash uchun yuborilgan korxona, muassasa, tashkilotda ish boshlagan kundan boshlanadi. Mahkum ishlamagan, ammo qonunga muvofiq uning ish haqi saqlanib turgan vaqt, shuningdek mahkum ishsiz deb topilgan vaqt axloq tuzatish ishlarini o'tash muddatiga qo'shib hisoblanadi. Jazoni o'tash muddatiga quyidagilar qo'shib hisoblanmaydi: qonunchilikka muvofiq vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik nafaqasi to'lanmaydigan kasallik vaqti; qamoq tariqasidagi ma'muriy jazoni o'tash vaqti, boshqa jinoyat sodir etganligi munosabati bilan qamoqda saqlangan vaqt.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.