Ichki ishlar organlarining probatsiya bo'linmasi:
axloq tuzatish ishlariga hukm qilingan shaxslarni ro'yxatga oladi;
mahkumga jazoni o'tashning tartibi va shartlarini tushuntiradi;
boshqa joylarda o'taladigan axloq tuzatish ishlariga hukm qilingan shaxslarni ishga jo'natadi;
mahkumlar tomonidan jazoni o'tash shartlariga rioya etilishini tekshiradi;
mahkum ishlaydigan korxona, muassasa va tashkilot ma'muriyati tomonidan hukm talablari ijro etilishini tekshiradi;
mahkumni qidirib topish yuzasidan dastlabki tadbirlarni o'tkazadi, zarur materiallarni tayyorlaydi va tegishli xizmatga oshiradi;
axloq tuzatish ishlarini boshqa joylarda o'tayotgan shaxslar bilan tuzilgan mehnat shartnomasini bekor qilish uchun ruxsatnoma berish masalasini ko'rib chiqadi.
lex.uz’dagi asl matn27-modda. Probatsiya bo'linmasining majburiyatlari
(27-модданинг номи Ўзбекистон Республикасининг 2024 йил 7 августдаги ЎРҚ-938-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 07.08.2024 й., 03/24/938/0591-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.