Criminal Executive Code

25⁸-modda. Majburiy jamoat ishlarini o'tashdan bo'yin tovlash

(6¹-боб Ўзбекистон Республикасининг 2017 йил 29 мартдаги ЎРҚ-421-сон Қонунига асосан киритилган — ЎР ҚҲТ, 2017 й., 13-сон, 194-модда)

Quyidagilar majburiy jamoat ishlarini o'tashdan bo'yin tovlovchilar deb e'tirof etiladi: o'n kun ichida hisobga turmagan, shuningdek jazoni o'tashdan bo'yin tovlash maqsadida yashiringan mahkum; yozma ogohlantirish olganidan so'ng, o'ziga bog'liq bo'lmagan holatlar mavjud bo'lmasa-da, majburiy jamoat ishlarida bir oy davomida ikki martadan ko'p ishtirok etmagan mahkum; yozma ogohlantirish olganidan so'ng majburiy jamoat ishlarini o'tash joyidagi (ob'yektidagi) tashkilotning ichki mehnat tartibi qoidalarini bir oy davomida uch martadan ko'p buzgan mahkum. Jazoni o'tashdan bo'yin tovlayotgan mahkumning turgan joyi noma'lum bo'lgan taqdirda, unga nisbatan qidiruv e'lon qilinadi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.